Jamiyat

Toshkentdagi hayvonot bog‘ida jirafa nobud bo‘ldi

Toshkentdagi hayvonot bog‘ida jirafa nobud bo‘ldi
Bog‘ ma’muriyati xabariga ko‘ra, uni saqlab qolish uchun xorijlik mutaxassislar bilan ham maslahatlashilgan.

Patologanatomik tekshiruv natijalari jirafaning o‘limiga oshqozon buralishi sabab bo‘lganini ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, jirafalarning anatomik va fiziologik xususiyatlari tufayli, ularning oshqozon-ichak tizimida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazib bo‘lmaydi.