Prezident Shavkat Mirziyoyev «Davlat sirlari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Qonun 2025-yil 29-martdan kuchga kiradi. Hujjatga ko‘ra, davlat ahamiyatiga ega sirlar harbiy, iqtisodiy, siyosiy va ilmiy sohalardagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Qonun davlat sirlarini uch darajaga ajratadi: «Alohida ahamiyatli», «mutlaqo maxfiy» va «maxfiy». Har bir daraja uchun ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddatlari belgilangan: 30-yilgacha yoki 10-yildan oshmasligi shart. Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasida vakolatli organ etib belgilandi.
Qonunga muvofiq, inson huquqlari buzilishi, ekologik yoki ijtimoiy holatga doir ma’lumotlar maxfiylashtirilmaydi. Davlat sirlari bilan ishlovchi shaxslarning huquqlari vaqtincha cheklanishi mumkin, masalan, O‘zbekiston hududidan tashqariga chiqish huquqi.
Davlat sirlarini oshkor qilgan shaxslarga 8-yilgacha, davlatga xoinlik yoki josuslik uchun 20-yilgacha qamoq jazosi beriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!