Jamiyat

Poytaxtda avtobus yondi

Poytaxtda avtobus yondi

Olmazor tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida avtobusda yong‘in yuzaga kelgan.

Bugun, 20 fevral kuni soat 07:41 da Toshkent shahar Olmazor tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVB xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv  ekipaji etilgan manzilga soat 07:45 da yetib borib, yong‘in soat 07:50 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.