Kecha, 26-yanvar kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Niderlandiyaning Oʻzbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Niko Sxemers bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
“Shubhasiz, barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy yoʻnalishda ikki tomonlama hamkorlik kun tartibini kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz janob Elchining Oʻzbekiston-Niderlandiya munosabatlarini boyitishga qaratilgan saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz”, — deb yozgan u.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!