Qiz bola hayotida ayniqsa onasining tarbiyasi, eʼtibori juda muhim sanaladi. Bir necha yillik turmushi davomida 3 nafar qiz farzandli boʻlgan Nazarovlar oilasiga bugun darz ketgan. G.Kudratova afsuski ota uyiga qaytishiga toʻgʻri kelgan, ammo turmush oʻrtogʻining qattiq qarshiligi sabab qizlarini olib ketolmagan. Koʻp marotaba urinishlardan soʻng, oxirgi najot sifatida sudga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudi qarzdor S.Nazarovdan voyaga yetmagan 2014, 2016 va 2017 yilda tugʻilgan qizlarni G.Kudratovaning tarbiyasiga olib berish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Ushbu qaror ijro qilishlik uchun Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushdi.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor S.Nazarov farzandlarini onasi tarbiyasiga ixtiyoriy ravishda topshirish toʻgʻrisida bir necha marotaba ogohlantirilgan. Lekin qarzdor bolalarni onasiga berishdan bosh tortgan. Shu sababli, qizaloqlar boʻlim xodimlari tomonidan majburiy tartibda onasiga olib berildi.

 67 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan