Yangiliklar

Futbol: Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi yarim finalga yoʻl oldi

Futbol: Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi yarim finalga yoʻl oldi

Futbol boʻyicha Qatarda boʻlib oʻtayotgan U-23 Osiyo kubogi chorak final doirasidagi Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni oʻyini boʻlib oʻtdi. 

Unda Oʻzbekiston olimpiyachilari 2:0 hisobida gʻalaba qozonib keyingi bosqich – yarim finalga yoʻl oldi. Gollarga birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan vaqtda Husayn Norchayev, shuningdek, 84-daqiqada Umarali Rahmonaliyev mualliflik qildi. 

Yarim finalda vakillarimiz Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi.