Yangiliklar

Uch hududda tabiiy resurslardan mavjud qarzdorliklarni yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Uch hududda tabiiy resurslardan mavjud qarzdorliklarni yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Xonobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi elektromontyori Sh.K. “B.X.” MCHJning “Anhor” MFY hududidagi kafe binosida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati boʻyicha hisoblangan 32 mln soʻm zararni tanishlari yordamida 2 mln soʻmgacha kamaytirib berishi evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent shahar suv taʼminoti” AJning Uchtepa tuman boʻlimi inspektori A.B. fuqaro K.D.ning xonadonida ichimlik suvi taʼminotidan 7 mln soʻm qarzdorligini yoʻq qilib berishi evaziga 5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Jomboy tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, “Xududgaz-Samarqand” GTF tuman boʻlimi xodimi S.Q. fuqaro M.M.ning ishonchiga kirib, uning xonadonini gaz tarmogʻi qayta ulab, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 250 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.