Jahon

G‘azoda o‘quv yili bir dona ham ishlaydigan maktab yo‘qligi bilan boshlandi

G‘azoda o‘quv yili bir dona ham ishlaydigan maktab yo‘qligi bilan boshlandi

BMTning Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) hisob-kitoblariga ko‘ra, Isroilning G‘azoga bostirib kirishi boshlanganidan beri G‘azodagi maktab binolarining 85 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. Endi ular qaytadan foydalanishga yaroqli bo‘lishi uchun restavratsiya yoki katta ta’mirni talab etadi. Hatto UNRWA maktablari bundan mustasno emas – Isroil ularni ham bombardimon qildi, deya ta’kidladi agentlik.

Falastin Ta’lim vazirligi boshqa raqamni keltirib, maktablarning kamida 90 foizi Isroil havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan yoki zarar ko‘rganini ta’kidladi.

“Odatda bu kun bolalar uchun ota-onalari bilan birga maktabga yangi formada boradigan, hamda shifokor va muhandis bo‘lishni orzu qiladigan bayram kuni bo‘lardi. Bugun bizning umidimiz shuki, biz bu umidlarimizni yo‘qotguncha urush tugaydi”, dedi besh farzandning onasi.