“O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi sudyalarning 511 nafari sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatida ishlab kelmoqda. 923 nafari, ya’ni mavjud sudyalarning qariyb 70 foizi 10 yillik muddatga, 54 nafari esa muddatsiz davrda ishlab kelmoqda”, deydi Sudyalar oliy kengashining sho‘ba mudiri Nodira Boboxonova.

Mas’ulning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yil davomida 32 nafar sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilgan.

“Shundan 13 nafari sudyalik qasamyodini buzgani uchun, 6 nafari Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun va 13 nafar sudyaning o‘zi ariza bergani uchun vakolati muddatidan avval tugatilgan”, deydi Sudyalar oliy kengashining sho‘ba mudiri.