Bill Geyts Kamala Harrisning saylovoldi kampaniyasiga yashirincha 50 mln dollar xayriya qildi. Bu haqda Nyu York Times nashri xabar berdi.
Milliarder bu pullarni Harrisni prezidentlik saylovida qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan «Future Forward» notijorat tashkilotiga bergan.
Microsoft asoschisi 10 yillardan buyon siyosatdan uzoq bo‘lib kelgan edi. U demokrat Harrisni ham ochiqchasiga qo‘llamagan, ammo 50 mln dollar xayriya qilishi Geytsning pozitsiyasi o‘zgarganini bildiradi.
U Tramp ikkinchi bor prezidentlikka saylansa, sog‘liqni saqlash va qashshoqlikka qarshi kurashish bo‘yicha tashabbuslarga sarmoyalar miqdorini kamaytirishidan tashvishlanayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!