O‘zbekiston

Bugun respublikaning ba’zi joylarida qor yog‘adi

Bugun respublikaning ba’zi joylarida qor yog‘adi

Bugun kunduzi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.