Buyuk Britaniya 2024-yil 1-yanvardan boshlab Rossiya Federatsiyasidan olmos importini taqiqlaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan, deb xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.
“Buyuk Britaniya hukumati Rossiyadan olmos olib kirishni cheklash va metall sanoatida yordamchi xizmatlar ko‘rsatishni taqiqlovchi qonun loyihasini taklif qilishni rejalashtirmoqda”, – deyiladi xabarda.
Hujjatda aytilishicha, Rossiyadan olmos importini taqiqlash 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Bundan tashqari, London Rossiyaga “harbiy yoki sanoat maqsadlarida”, jumladan, avtomobil ehtiyot qismlari va elektron mahsulotlarni eksport qilishni taqiqladi.
Umuman olganda, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri Buyuk Britaniya Rossiyaning 1800 nafar jismoniy va yuridik shaxslarini, jumladan, Rossiya bank sektorining 90 foiziga egalik qiluvchi 29 bankni qora ro‘yxatga kiritdi.
Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, sanksiyalar natijasida qirollikka Rossiya mahsulotlari importi 2021 yilga nisbatan 94 foizga, Britaniyaning Rossiya Federatsiyasiga eksporti esa 74 foizga kamaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!