Bloomberg agentligining yangi so‘rovi AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024-yilgi saylovoldi bahsda yettita asosiy shtatda Jo Baydenni ortda qoldirganini ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda USA Today.
Payshanba kuni e’lon qilingan Bloomberg News/Morning Consult Pro so‘rovi shuni ko‘rsatadiki, Donald Tramp Shimoliy Karolina (11 punkt), Jorjiya (7 punkt), Viskonsin (6 punkt), Nevada (5 punkt), Michigan (4 punkt), Arizona (3 punkt) va Pensilvaniyada (bir punkt) Jo Baydendan oldinda.
So‘rov shuni ko‘rsatdiki, har bir shtatdagi har 10 saylovchidan olti nafari 2024 yilda kimga ovoz berishini hal qilishda nomzodlarning iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi maqsadlarini juda muhim omil sifatida keltirgan.
Donald Tramp iqtisod bo‘yicha yetakchilik qilgan bo‘lsa, Jo Bayden yettita muhim shtatdan beshtasida sog‘liqni saqlash bo‘yicha sobiq prezidentdan oldinda.
So‘rov 27 noyabrdan 6 dekabrgacha o‘tkazildi va xatolik chegarasi ortiqcha yoki minus uch foiz bandiga ega.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda saylov 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. Donald Trampga prezidentlik saylovida ishtirok etishga ruxsat berildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!