Germaniyaning Gettingen universiteti psixologlari so‘rov natijalariga ko‘ra, yosh ayollar oilaparvar erkaklarni ideal, yoshi katta respondentlar esa dadil va o‘ziga ishongan erkaklarni ideal deb bilishadi. Tadqiqotchilar o‘z natijalarini Human Nature jurnali bilan o‘rtoqlashdi.
Tadqiqot davomida jamoa 150 mamlakatdan kelgan turli yoshdagi 17 254 nafar ayoldan o‘zlarining ideal erkaklarini tasvirlashni so‘radi. Yosh va kattaroq respondentlar sherigining jozibali ko‘rinishga ega bo‘lishini va pulni qanday boshqarishni bilishlarini xohlashadi. Tadqiqotning yosh ishtirokchilari o‘zlaridan bir necha yosh katta erkaklar bilan munosabatlarga kirishishni afzal ko‘rishlarini ta’kidladilar.
Bundan tashqari, yoshi kattaroq tadqiqot ishtirokchilari o‘ziga ishongan va qat’iyatli erkaklarni afzal ko‘rishlari, yosh ishtirokchilar esa oila qurmoqchi bo‘lganlarni afzal ko‘rishlari qayd etilgan. Mehribonlik va sezgirlik barcha yoshdagi ishtirokchilar uchun bir xil darajada muhim bo‘lib chiqdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!