Yangiliklar

Quvayt hukumati yangi amirni e’lon qildi

Quvayt hukumati yangi amirni e’lon qildi

Quvayt hukumati valiahd shahzoda Mishal al-Ahmed al-Jobir as-Sabahni yangi amir etib e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bu xabar Quvayt davlat televideniyesi orqali efirga uzatildi. U Quvaytning oʻn yettinchi amiri va Britaniyadan mustaqillikka erishgandan keyin yettinchi amir boʻldi.

Mishaal al-Ahmed al-Jobir as-Saboh Quvaytning sobiq amiri Navaf al-Ahmed al-Jobir as-Sabohning ukasi bo‘lib, uning 87 yoshida vafot etgani 16-dekabr, shanba kuni ma’lum bo‘ldi.