Telegram ilovasida ovozni o‘zgartiruvchi mashhur Voicemod vositasi paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Verge. Yangi VMgram* funksiyasi Android foydalanuvchilari uchun allaqachon mavjud va iOSga keyinroq paydo bo’ladi.
Bu funksiya sizga Telegram qo‘ng‘iroqlarida ovozingizni o‘zgartirish uchun sun’iy intellekt asosida ishlaydigan turli ovozlarni tanlash imkonini beradi. Bu xususiyat, shuningdek, dasturda kulgichlar, memlar, GIF va stikerlar bilan birga topilishi mumkin bo’lgan 150 mingdan ortiq tovushli xabarlarni yuborishda Voicemod saundbaridan foydalanish imkonini beradi.
VMgram unchalik yangi emas – bu xususiyat Windows va MacOS operatsion tizimlari foydalanuvchilari tomonidan uzoq vaqt davomida ishlatilgan. Bu streymerlar va Discord foydalanuvchilari orasida eng mashhur.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!