Yaponiya Mudofaa vazirligi mamlakat tarixida ilk bor ayol kishiga oliy admiral unvonini berishga qaror qildi. Ushbu unvon 57 yoshli Natsue Kondoga berildi. U ilgari vitse-admiral unvoniga ega bo‘lib, katta dengiz qo‘mondonlik xodimlarini tayyorlash maktabini boshqargan, deb xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.
«U endi Yaponiya qirg‘oq mudofaa kuchlari qo‘mondoni bo‘ladi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, mamlakat quruqlik va havo kuchlarida ham ayollar hech qachon eng yuqori general unvonini olishmagan.
Ayni paytda Yaponiya Mudofaa vazirligi qurolli kuchlarda qo‘mondonlik lavozimlarida ayollar sonini ko‘paytirish dasturini amalga oshirmoqda. 2025 yilga kelib, ular mayor va undan yuqori darajalardagi ofitserlar va generallarning kamida 5 foizini tashkil etishi kerakligi aytilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!