AQShning Suriyadagi ikkita harbiy bazasi raketa zarbalariga uchradi. Bu haqda RIA Novosti manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Al-Hasaka shahridagi Az-Zaxriya aeroportida joylashgan bazaga zarba berilgan. U mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan. Xabarda aytilishicha, raketalarning aksariyati bazaga tushgan.
Boshqa bir manbaning aytishicha, Dayr-az-Zor viloyatidagi Umar neft konida joylashgan baza o‘qqa tutilgan. “To‘rtta raketa dala hududiga tushib ketdi. Butun hududda portlashlar eshitildi”, — dedi RIA Novosti suhbatdoshi.
Jurnalistlarning qayd etishicha, Damashq rasmiylari AQSh bazalarining mamlakatda bo‘lishini bir necha bor ochiq neft o‘g‘irlash maqsadida bosqinchilik va davlat qaroqchiligi deb atagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!