O‘zbekiston

Kimlarga poyezdda yurishda imtiyozlar berilgan?. O’qiymiz

Kimlarga poyezdda yurishda imtiyozlar berilgan?. O’qiymiz

Qonunchilikka ko‘ra, temir yo‘llarda chiptaning to‘liq qiymatidan 50 foiz chegirmalar bilan yiliga 1 marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo‘yicha quyidagilarga berilgan:

➖ 3-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

➖ urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga.

Shuningdek, ayrim shaxslar temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurishi (borish va kelish) mumkin:

➖ yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar;

➖ ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

➖ Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda ishtirok etgannogironligi bo‘lgan shaxslarga.