«Yagona Rossiya» raisi Dmitriy Medvedev prezident sifatida Vladimir Putinni partiyaning barcha a’zolari qo’llab-quvvatlashiga ishontirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, partiya mamlakatni kim boshqarishi kerakligiga shubha qilmaydi. Medvedevning so’zlarini RIA Novosti keltirmoqda.
“Ishonchim komilki, uni [Putinni] saylov kampaniyasi davomida qo‘llab-quvvatlash haqidagi qaror s’ezd ishtirokchilari va umuman, partiyamizning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullanadi”, — dedi u.
Avvalroq «Putin jamoasi» a’zolari ma’lum bo’lgandi. Ular orasida rejissyor Nikita Mixalkov, Donetsk Xalq Respublikasi Xalq kengashi raisi Artem Joga, yozuvchi Zaxar Prilepin, shuningdek, turli sohalarning boshqa taniqli arboblari bor.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!