Toshkent shahar hokimligi poytaxt tumanlari reytingini yangiladi. Mirzo Ulug‘bek va Sergeli shahardagi eng muammoli bo‘lib chiqdi.
Tumanlar o‘n balli tizimda baholanib, mutaxassislar tomonidan Toshkent shahri aholisidan kelib tushgan murojaatlar inobatga olindi.
Shunday qilib, Mirzo Ulug‘bek tumani atigi 2,84 ball, Sergeli tumani 3,18 ball to‘pladi.
Poytaxtdagi eng yaxshi tumanlar Mirobod va Uchtepa tumanlari bo‘ldi – mos ravishda 8,33 va 7,77 ball.
Eng ko’p toshkentliklar uy-joy kommunal xo‘jaligidagi muammolar, yo‘llar va piyodalar yo‘laklari holatidan shikoyat qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!