Jahon

Pekindagi metro halokatida 500 nafardan ortiq odam jabrlandi

Pekindagi metro halokatida 500 nafardan ortiq odam jabrlandi

14 dekabr kuni Pekin metrosida baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Sinxua axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 515 kishi jabrlangan. Ulardan 102 nafari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Hodisaga relsning sirg‘alib ketgani sabab bo‘lgani aytilgan. Tormoz ishlamay qolgan va poyezdlar to‘qnashib ketgan.

Hozirda mahalliy huquq-tartibot idoralari avariyaning boshqa sabablarini aniqlamoqda va qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazmoqda.