Jahon

AQShda Baydenning ukasi poraxo’rlik ishida gumon qilinmoqda

AQShda Baydenning ukasi poraxo’rlik ishida gumon qilinmoqda

AQSh Federal qidiruv byurosi AQSh prezidentining ukasi Jeyms Baydenni sudyaga pora berish ishida aloqadorligi aniqlandi. Bu haqda ish bo‘yicha sudlangan advokat Richard Skruggs ma’lum qildi, deb yozadi The Washington Post.

“Agar u senatorning akasi bo’lmaganida, ehtimol, men uni ishga olmagan bo’lardim. Jim hech qachon o’z ta’sirini yashirmagan. U bu haqda maqtanmadi va gapirmadi. Unga kerak emas edi, – dedi Skruggs.

Avvalroq AQSh Kongressining respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasi a’zolari prezident Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenga nisbatan ish boshlashi xabar qilingandi.