O‘zbekiston

Alifbodagi ayrim harflarni o‘zgartirish taklif qilinmoqda

Alifbodagi ayrim harflarni o‘zgartirish taklif qilinmoqda

Bugun, 18-dekabr kuni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan ilmiy-nazariy anjuman boʻlib oʻtdi.

Oyina.uz muxbirining xabar berishicha, yigʻilishda mutaxassis va olimlar koʻplab taklif va eʼtirozlarni eʼtiborga olib, Ch qoʻsh harfini C emas Ç shaklida ifodalash yuzasidan kelishib oldi.

Qayd etish kerak, sentabr oyida taklif etilgan loyihada Ch harfidan tashqari, quyidagi oʻzgarishlar ham nazarda tutilgandi:

Sh qoʻsh harfini Ş shaklida, yaʼni bir harf bilan ifodalash;

Oʻ harfini Õ shaklida, Gʻ harfini Ğ shaklida yozish.

Ushbu harflarni kompyuterning standart klaviaturasida qaysi klavishlar oʻrnida aks ettirish ham loyihada eʼtiborga olingani aytilgandi.

Foto: Oyna.uz