Gonkong universiteti shifokorlari dunyoda birinchi bo‘lib jigar saratonining oxirgi bosqichidagi bemorni qutqarib qolishdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Standard gazetasining yozishicha, erkakda ushbu kasallikning oxirgi, to‘rtinchi bosqichi 2022 yilning noyabrida aniqlangan. Uning jigarida 18,2 sm o‘lchamdagi o‘simta topilgan va metastazlar yaqin atrofdagi tomirlarga o‘tib ketgan. Bundan tashqari, o‘tkir sirroz tufayli u muntazam ravishda kasalxonaga borishga majbur bo‘ldi.
Shifokorlar o‘simtani jarrohlik uchun mos bo‘lgan hajmgacha kichraytirish, so‘ngra venada qon trombi paydo bo‘lishining oldini olish uchun dastlab olti oy davomida maxsus terapiyadan foydalanganlar. Avgust oyida unga o‘g‘lining jigarining bir qismini almashtirish bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Tibbiyot muassasasida uzoq davom etgan kuzatuvdan so‘ng erkak kasalxonadan chiqarildi: hozirda saratonning birinchi bosqichiga tegishli 1,5 sm o‘simta mavjud, olingan namunalar esa saratonning shakllanish jarayoni yo‘qligini ko‘rsatdi. Bu o‘simtani kamaytirish va transplantatsiya qilish orqali rivojlangan jigar saratonini muvaffaqiyatli davolashning dunyodagi birinchi hodisasi.
Shifokorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda xuddi shunday tashxisga ega 100 nafar bemor davolanmoqda, terapiya natijasida saraton hujayralarining 40 foizi butunlay yo‘q qilingan, 10 foizdan ortig‘i esa jigar transplantatsiyasi operatsiyasini o‘tkazishi mumkin.
Shifokorlar endi Gonkong hukumatidan davolanish usulini soddalashtirish va zarur dori-darmonlarni subsidiyalashni so‘ramoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!