Jahon

Ekvadorda Britaniya faxriy konsuli o‘g‘irlab ketildi

Ekvadorda Britaniya faxriy konsuli o‘g‘irlab ketildi

Britaniyaning Guayakildagi faxriy konsuli Kolin Armstrong Ekvadorda o‘g‘irlab ketildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, odam o‘g‘irlash shanba kuni ertalab Los-Rios provinsiyasida sodir bo‘lgan.

Bu haqda Ekvador politsiyasi X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) yozgan.

“Bugun ertalab Los-Riosda tadbirkorga qarshi sodir etilgan jinoyat yuzasidan Ekvador politsiyasining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari shoshilinch tekshiruv o‘tkazmoqda”, — deyiladi xabarda.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, konsul bilan birga yana bir kishi o‘g‘irlab ketilgan.