Gretsiya The Economist jurnalining 2023-yilda iqtisodiyoti eng yaxshi natijalarga erishgan davlatlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
Gretsiya ketma-ket ikkinchi marta bu nomga sazovor bo’lmoqda. Nashr qayd etishicha, Gretsiya fond bozorining real qiymati 40 foizga oshgan. Biroq, ekspertlarning ta’kidlashicha, mamlakat hali ham «2010-yillar boshidagiga qaraganda qashshoqroq». The Economist mamlakatlar reytingini besh ko‘rsatkich bo‘yicha tuzdi: inflyatsiya, bandlik, yalpi ichki mahsulot, ish o‘rinlari va fond bozori.
Birinchi beshlikka Janubiy Koreya, AQSh, Isroil va Lyuksemburg ham kirdi. Reytingni Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Slovakiya, Avstriya, Islandiya va Finlyandiya yakunlagan.
2010 yilda Gretsiya defoltni oldini olish uchun Yevropa Ittifoqiga yordam so’rab murojaat qildi. 2010 va 2015 yillar orasida unga uchta yordam paketi taqdim etildi. Bu yillar davomida Gretsiya yalpi ichki mahsuloti byudjetni tejash tufayli 25 foizga kamaydi.
2018-yil avgust oyida mamlakat uchinchi tashqi makromoliyaviy yordam dasturini muvaffaqiyatli yakunladi va qattiq kreditorlar nazorati mexanizmidan chiqdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!