O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev: bozorlar turistlar uchun tashrif qog‘oziga aylantiriladi

Shavkat Mirziyoyev: bozorlar turistlar uchun tashrif qog‘oziga aylantiriladi

Yig‘ilishda bozorlarimizning sotuvchi va xaridorlar, turistlar uchun qulayligini oshirish lozimligi qayd etildi.

Bozorlarda sayyohlar uzoq ushlanib qolmayotgani, ayrim bozorlardagi kirib-chiqishdagi noqulayliklar, tirbandlik aholi va sayyohlar e’tiroziga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan bozorlarimizni turistlar kunlab vaqtini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan majmualarga, mamlakatimizning «tashrif qog‘ozi»ga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Milliy madaniyatimizni aks ettirgan yangi zamonaviy bozor komplekslari loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari, tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.