BAAning shaxmat bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda, unda 41 davlatdan 650 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Musobaqaning blis yo‘nalishida kechgan bahslarda Umida Omonova raqiblardan ustun kelib, 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yana bir hamyurtimiz Davron Sharipov 2 o‘rinni egallagan bo‘lsa, Malikaxon Jumayeva va Husnoraxon Husnitdinovalar 3 o‘rin sohibiga aylanishdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!