Jahon

Venesuela va Gayana hududiy bahslarda kuch ishlatmaslikka kelishib oldi

Venesuela va Gayana hududiy bahslarda kuch ishlatmaslikka kelishib oldi

Gayana va Venesuela davlat rahbarlarining uchrashuvidan keyin keskinlikni kuchaytirmaslik va hududiy yaxlitlik masalasida kuch ishlatmaslikka kelishib oldi, deb xabar beradi ВВС.

Venesuela va Gayana prezidentlari Nikolas Maduro va Irfaan Ali Karakasning Essekibo provinsiyasiga da’vosini muhokama qildi. Bu hududning kimga tegishli ekanligi haqidagi bahs XIX asrdan beri davom etib kelmoqda.

Maduro va Ali hududiy nizo bo‘yicha keskinlikni kuchaytirmaslik va har qanday kuch ishlatishdan qochishga kelishib oldi. Tomonlar Braziliyada ham uchrashib, maxsus komissiya tuzishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, Venesuela va Gayana o‘rtasidagi kelishmovchilik bir necha yil avval, Essekibo provinsiyasida boy neft va gaz konlari topilganidan keyin yuzaga kelgan edi.

Dekabr oyi boshida Venesuelada Essekibo bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Ovoz berganlarning 95 foizi qayd etilgan hududni anneksiya qilish uchun ovoz berdi. Gayana esa buni tanqid qildi.