Jahon

Xitoy Apple mahsulotlaridan voz kechmoqda

Xitoy Apple mahsulotlaridan voz kechmoqda

Yaqin vaqtgacha Apple va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajaga ko‘tarildi – kompaniya ishlab chiqarishni faol rivojlantirdi va Xitoy bozori ehtiyojlarini qondirish uchun hamma narsani qildi, Xitoy hukumati esa ish o‘rinlari va soliqlarni oldi. Oddiy iste’molchilar eng so‘nggi Apple mahsulotlarini olishga harakat qilishdi. Endi esa aksincha – Bloombergning yozishicha, butun Xitoy bo‘ylab kompaniyalar o‘z xodimlaridan Apple iPhonelarini (va xorijiy brendlarning boshqa gadjetlarini) ishga olib kelmaslikni so‘ramoqda, deb xabar bеradi Kazinform.

Bu jarayon 10 yildan beri davom etmoqda – Xitoy davlat tashkilotlariga talablar qo‘yish orqali xorijiy texnologiyalarga qaramligini kamaytirishga harakat qilmoqda. Bloomberg agentligiga ko‘ra, so‘nggi bir oy ichida ikki yirik davlat idorasi o‘z xodimlaridan mahalliy gadjet brendlariga o‘tishni talab qiluvchi hujjatni qabul qilgan.

Kompaniyalar iPhone va boshqa Apple mahsulotlarini taqiqlovchi o‘z qoidalari va ko‘rsatmalarini chiqarmoqda.

Qizig‘i shundaki, bu jarayon ayniqsa tez amalga oshirilayotgan hududlardan biri Xebey provinsiyasi bo‘lib, u yerda dunyodagi eng yirik iPhone ishlab chiqaruvchi zavod joylashgan.

“Albatta, Apple rahbariyati bu holatdan xabardor. Lekin hech narsa qilish mumkin emas. Endi Xitoy va Apple kompaniyalarining yo‘llari dengizdagi kemalar kabi ajralishi aniq”, – deb yozadi nashr.