Angrenda ichki ishlar xodimi qonuniy talabiga bo‘ysunmagan fuqaroga qarshi elektroshok qurilmasini ishlatgani tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
O‘zi qachon bunday qurilmadan foydalanish mumkin:
fuqaroga hujumni qaytarish uchun;
IIO xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yishda;
jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yishda;
jinoyatga qo‘l urib, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
qamoqqa olingan shaxs qochishga urinsa, boshqalar yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etishda;
garovga olingan, egallab olingan binolarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!