O‘zbekiston

Kadastr agentligi bosh mutaxassisi hibsga olingani rad etildi

Kadastr agentligi bosh mutaxassisi hibsga olingani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bosh mutaxassisi Elyor Safarov firibgarlik hamda pora berishda gumonlanib hibsga olinganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan Kadastr agentligi rasmiy munosabat bildirdi:

“Bosh mutaxassis E.Safarov hozirda ish faoliyatini idorada davom ettiryapti.

Shu o‘rinda eslatma: O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunining (https://lex.uz/docs/1106870) 6-moddasida Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.