O‘zbekiston

So‘nggi kunlarda kimlar turli jinoyatlarda gumon qilinib qo‘lga olingan?

So‘nggi kunlarda kimlar turli jinoyatlarda gumon qilinib qo‘lga olingan?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida turli lavozimlarni egallab turgan mansabdor shaxslarning korrupsion yoki boshqa turdagi jinoyatlarda gumonlanib qo‘lga olingani haqidagi xabarlar «urchib ketdi». Shu kunlarda quyidagi mansabdor shaxslar jinoyatlarda gumonlanib qamoqqa olingan:

➖ Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

➖Soliq qo‘mitasining soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori o‘rinbosari, Soliq qo‘mitasi QQS boshqarmasi ma’muriyatchiligi boshqarmasi QQS to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i va Toshkent shahri Soliq boshqarmasi kameral soliq tekshiruvlar sho‘basi sobiq rahbari qo‘lga olindi. Ular noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini yashirganlikda gumon qilinmoqda.

➖Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Saidahmad Sultonov yerlarni noqonuniy sotish bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha ushlangan. Unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

➖Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumonlanib, korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida qo‘lga olingan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

➖Buxoro tumani hokimi Xayrillo Jo‘rayev hibsga olindi. U mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash hamda yer berish tartibini buzish bo‘yicha ayblanmoqda.

Foto: Kun.uz