Xitoyning Jishishan okrugida 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. 100 dan ortiq odam halok bo’ldi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.
Zilzila dushanba kuni Pekin vaqti bilan 23:59 da sodir bo’lgan. Zilzila epitsentri Lyagou qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, ular qo‘shni shaharlarda ham sezilgan. Tabiatning shiddatli ta’siridan ushbu aholi punktlarida ba’zi turar-joy binolari qulab tushdi.
Sinxua agentligiga ko‘ra, 111 kishi halok bo‘lgan. Reuters axborot agentligi 118 mahalliy aholining halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!