Yevropa Ittifoqi 12-sanksiya paketiga asli oʻzbekistonlik, Microtech AK asoschisi va rahbari Andrey Xoxlunni ham kiritdi, deb xabar qildi Yevropa kengashi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyi o‘rtalarida Amerika rasmiylari Xoxlunni “qora” ro‘yxatga kiritgan edi.
Asli o‘zbekistonlik rahbarlik qilayotgan kompaniya muhandislik sohasida konsalting bilan shug‘ullanadi.
Yevropa hukumati ma’lumotlariga ko’ra, AK Microtech xorijiy yarim o’tkazgich texnologiyalarini Rossiyaning mikroelektronika ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga, jumladan, harbiy-sanoat korxonalariga o’tkazadi.
Bundan tashqari, Rossiya kompaniyasi Yevropa Ittifoqining cheklov choralariga taalluqli tovarlarni import qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!