Jahon

AQSh 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi

AQSh 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi

Amerika hukumati 119 nafar Oʻzbekiston fuqarosini oʻz vataniga deportatsiya qildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

O‘zbekiston fuqarolari AQShga noqonuniy kirishga uringan. Qolaversa, ularning asosiy qismi bu mamlakatga Meksika orqali yetib bormoqchi bo’lgan.

Joriy yilning avgust oyi oxirida Amerika OAVlari o‘zbeklarning AQShga yetib borishiga islomchi hamkori yordam bergani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Oq uy maʼmuriyati terrorchilarning mamlakatga kirib kelganiga oid belgilar yoʻqligini maʼlum qildi.

O‘tgan yil oxirida Meksika orqali AQShga kirgan noqonuniy muhojirlar soni 2 million kishidan oshdi. Joriy yilning may oyi holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1,2 milliondan ortiqni tashkil qilgan.