Jahon

Daniya AQShga o’z hududida qo’shin joylashtirishga ruxsat berdi

Daniya AQShga o’z hududida qo’shin joylashtirishga ruxsat berdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Rasmussen harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikka oid mudofaa bitimini imzoladi. Bu haqda Reuters Davlat departamenti matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Kelishuvga ko‘ra, Daniya AQShga qisqa va uzoq muddatda o‘z hududida qo‘shin va qurol-yarog‘ joylashtirishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, AQSh kuchlari Daniya qurolli kuchlarining uchta havo bazasiga kirish imkoniga ega bo‘ladi.

Imzolanish marosimidan so‘ng Blinken kelishuv mudofaa qobiliyatini va NATO doirasida Daniya va Amerika harbiylari o‘rtasidagi hamkorlik darajasini oshirishiga umid bildirdi.