Favqulodda vaziyatlar vazirligi Piskent tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 21 dekabr kuni soat 15:20 da Toshkent viloyati, Piskent tumani, “Kultepa” MFYda joylashgan parrandachilik fermalarining birida yong‘in sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:33 da yetib borgan, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
“Yong‘in natijasida fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmadi”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!