O‘zbekiston

San’at sohasidagi ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar joriy qilinadi

San’at sohasidagi ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar joriy qilinadi

Musiqa va raqs san’atini ravnaq toptirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Jumladan, “Bahor” raqs ansambli ilgari Filarmoniya joylashgan mashhur san’at saroyida faoliyat yuritadi.

Taniqli ashula va raqs ansambllarining xorijga gastrol safarlari ko‘paytiriladi.

Musiqa va raqs san’ati masalalarini ilmiy o‘rganish, sohada ilmiy kadrlarni ko‘paytirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar joriy qilinadi.

Shuningdek, Toshkent davlat sirki binosini ta’mirdan chiqarish bo‘yicha ham chora-tadbirlar ko‘riladi.