O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev: “Gʻoyat murakkab va tahlikali vaziyatda Oʻzbekiston milliy manfaatlariga javob beradigan toʻgʻri yoʻlni topish albatta oson boʻlmayapti”

Shavkat Mirziyoyev: “Gʻoyat murakkab va tahlikali vaziyatda Oʻzbekiston milliy manfaatlariga javob beradigan toʻgʻri yoʻlni topish albatta oson boʻlmayapti”

Prezident raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi boshlandi.

“Ilgari oʻz maqsad va manfaatlarini asosan diplomatiya va siyosat bilan himoya qilib kelgan dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim oʻtkazish, qarama-qarshilik va toʻqnashuvlar yoʻliga oʻtganiga hammamiz guvohmiz.

Afsuski, bunday keng koʻlamli va oʻta ziddiyatli jarayonlarning taʼsiri Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tarkibiy qismi boʻlgan mamlakatimizni ham chetlab oʻtmayapti.

Ana shunday gʻoyat murakkab va tahlikali vaziyatda Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan toʻgʻri yoʻlni topish albatta oson boʻlmayapti.

Biz dunyodagi uzoq-yaqin barcha davlatlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayapmiz” — dedi davlat rahbari.