Jahon

Wall Street Journal: Prigojin o’ldirilishi ortida Patrushev turibdi

Wall Street Journal: Prigojin o’ldirilishi ortida Patrushev turibdi

«Vagner PMC» rahbari Yevgeniy Prigojinning o’ldirilishi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev tomonidan ma’qullangan, deb yozadi Wall Street Journal G’arb razvedka xizmatlari vakillari va Rossiya razvedkasining sobiq xodimiga tayanib.

WSJ ma’lumotlariga ko’ra, avgust oyi boshida, boshqa amaldorlar ta’tilga chiqqanida, Patrushev Moskva markazidagi ofisida yordamchisiga Prigojinni yo’q qilish bo’yicha operatsiyani ishlab chiqishni buyurgan. Keyinchalik Putinga bu rejalar ko’rsatildi va u e’tiroz bildirmadi.

Eslatib o‘tamiz, Prigojin va “Vagner PMC”ning yuqori martabali qo‘mondonlari uchayotgan shaxsiy samolyot 24 avgustga o‘tar kechasi Tver viloyati, Bologovskiy tumani, Kujenkino qishlog‘i yaqinida qulagan edi. Kreml bu voqeaga aloqadorligini rad etadi