Jahon

Argentina kriptovalyutada shartnomalar tuzishga ruxsat berdi

Argentina kriptovalyutada shartnomalar tuzishga ruxsat berdi

Argentina tashqi ishlar vaziri Diana Mondino X tarmog‘idagi sahifasida mamlakatda kriptovalyuta bilan shartnomalar tuzish imkoniyati paydo bo‘lganini yozdi, deb xabar beradi Kazinform.

“Argentinada bitkoinlarda, shuningdek, boshqa kriptovalyutalarda, kilogramm go‘sht va litr sutda shartnomalar tuzish mumkin bo‘ladi”, — dedi Diana Mondino.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qarzdor ushbu to‘lov vositasi respublikada qonuniymi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, belgilangan valyutadagi summani taqdim qilishi shart.

Eslatib o‘tamiz, Argentina yaqinda milliy valyutaning ikki barobar qadrsizlanishi va davlat xarajatlari kamayishini e’lon qilgan edi. Maqsad – mamlakatga uzoq davom etgan inqirozdan chiqishga yordam berish.

Rasmiylar, shuningdek, vazirliklar, energetika va transport subsidiyalari sonini qisqartirish, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalarini muzlatish niyatida. Iqtisodiyot va moliya vaziri rejalarni amalga oshirish og‘riqli bo‘lishidan ogohlantirdi.