Jahon

NASA koinotda «archa»ni suratga oldi

NASA koinotda «archa»ni suratga oldi

“Chandra” rasadxonasi xodimlari koinotda noodatiy yulduzlar to‘pini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi Kazinform agentligi.

Amerikalik tadqiqotchilar uzoqdan katta rojdestvo archasini eslatuvchi osmon jismlarining kuchli nurlanishini tasvirga oldilar.

Ijtimoiy tarmoqda chop etilgan suratda yosh yulduzlar aks etgan. Nashr yozishicha, yulduzlarning yoshi bir milliondan besh million yilgacha.

Ushbu rasmda archa timsoli tasvir va rangni aylantirishdan yuzaga keladi. Optik ma’lumot daraxt shoxi va nina shaklini yaratgan. “Chandra” aniqlagan rentgen nuri ko‘k-oq rangda, shuning uchun daraxtda porlab turgan marjonni eslatadi.