O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva yoshlarga Prezident Administratsiyasi binosini ko‘rsatdi

Saida Mirziyoyeva yoshlarga Prezident Administratsiyasi binosini ko‘rsatdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari bilan Prezident Administratsiyasi binosida uchrashdi.

“Bugun biz tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari bilan Prezident Administratsiyasida uchrashdik, men ularga mamnuniyat bilan Administratsiya ish faoliyati haqida tushuncha berib, ekskursiya uyushtirdim.

Bolalar aqlli va qiziquvchan. Ko‘ngli ochiq va to‘g‘riso‘z. Ular bizning kelajagimiz. Har biringiz — davlatimizning boyligi, biz sizlarning bilimga intilishingizni qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga tayyormiz.

Chunki farzandlarimiz muvaffaqiyat eshiklarini nafaqat o‘zlari uchun ochadilar. Balki hammamiz uchun, butun mamlakat uchun!”, — deb yozdi Mirziyoyeva.