Yangiliklar

“Baxti Tashkentskiy”ning oʻgʻli ham qoʻlga olindi

“Baxti Tashkentskiy”ning oʻgʻli ham qoʻlga olindi

Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:

1. 1996-y.t. Qudratullayev Ixtiyor Baxtiyor oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);

2. 1994-y.t. Zafarov Begzod Baxtiyorovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

3. 1983-y.t. Jumaniyazova Nargiza Rustamovna (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

4. 1975-y.t. Badalov Djaxongir Djurayevich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 1-qismi);

5. 1978-y.t. Sulaymonqulov Sherali Roʻziyevich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);

6. 1995-y.t. Tursunboyev Akmaljon Narimon oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi).

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi, deyiladi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborotida.