O‘zbekiston

Margʻilonda qidiruvda boʻlgan 8 nafar erkak qoʻlga olindi

Margʻilonda qidiruvda boʻlgan 8 nafar erkak qoʻlga olindi

Margʻilon shahrida 8 nafar kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, probatsiya hisobida turib, jazo muddatini oʻtamaganligi sababli sud tomonidan qidiruv eʼlon qilingan shaxslar qoʻlga olindi.

Fargʻona viloyati IIB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida quyidagi:

Abdullayev Shahobiddin Shavkatjon oʻgʻli, 1995-yilda Margʻilon shahrida tugʻilgan, JKning 104-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 3-qismi, 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan.

Madaminov Muhammadbobur Doniyorjon oʻgʻli, 1996-yilda Margʻilon shahrida tugʻilgan, muqaddam JKning 276-moddasi 1-qismi bilan sudlangan.

Mirzayev Mirzoxid Komilovich, 1988-yilda Margʻilon shahrida tugʻilgan, muqaddam JKning 273-moddasi 3-qismi, 122-moddasi 1-qismi bilan sudlangan.

Olimov Abdumajid Xasanboy oʻgʻli, 1998-yilda Margʻilon shahrida tugʻilgan, muqaddam JKning 276-moddasi 1-qismi bilan sudlangan.

Yuldashev Azizbek Maxmudovich, 1989-yilda Margʻilon shahrida tugʻilgan, muqaddam JKning 168-moddasi 3-qismining “b” bandi sudlangan.

Umurzakov Javlonbek Xaydarali oʻgʻli, 1997-yilda tugʻilgan, muqaddam JKning 169-moddasi 2-qismi, 273-moddasi 2-qismi sudlanganlar ushlanib, tergov hibsxonasiga yuborildi.

Shuningdek, Egamberdiyev Muhammadsobirjon Shokirjon oʻgʻli 1996-yilda tugʻilgan, muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi JKning 186-moddasi bilan sudlangan.

Madaminov Inomjon Ismailjonovich 1984-yilda tugʻilgan, muqaddam JKning 109-moddasi, 168-moddasi 1-qismi, 97-moddasi 1-qismi, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlangan.

Hozirda, M.Egamberdiyev hamda I.Madaminovlarni qidirib topish yuzasidan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.