“Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PQ-226-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qanday oʻzgarishlar kiritildi?
Xususan:
- sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar to‘lab borish tartibini takomillashtirish;
- sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalarni aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlash tartibini belgilash;
- sport maydonchalarini barpo etish va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish;
- yoshlar siyosati va sport sohasidagi ayrim amaldagi farmon va qarorlardan eskirgan va takrorlanuvchi normalarni chiqarib tashlash hamda huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish shular jumlasidan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!