24-dekabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida soat 20:10 larda YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berishicha, haydovchi, 1974-yilda tug‘ilgan B.A. Lixiang avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida haydovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!