Uning ijrosini ta’minlash maqsadida, qarzdorning bank hisob raqamlariga taqiqlar qo‘yilib, qarzdor yuridik shaxs rahbariga mazkur qarzdorlikni bartaraf etishi yuzasidan bir necha bor ogohlantirish berilgan. Biroq, ushbu qarzdorlikni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelingan.
Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tezkor ijro harakatlari davomida, qarzdor kafilning bankdagi yana bir hisob raqamiga 2 milliard 111 million so‘m pul mablag‘lari kelib tushgani ma’lum bo‘ldi. Qarzdor esa, ushbu mablag‘larni MIB xodimlari yechib olmasligi uchun naqd pul ko‘rinishda olishga urinadi. MIB xodimlari ushbu pul mablag‘lari tezkorlik bilan naqd ko‘rinishda hatlab olib, tegishli hisob raqam orqali bank qarzdorligi bo‘yicha yo‘naltirib beriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!